Finlyandiyada xavfsizlik polisiyasi xodimi xizmat safari paytida poyezdda maxfiy hujjatlar solingan ryukzakni unutib qoldirgan.
Yle teleradiokompaniyasining ta’kidlashicha, u olib ketayotgan hujjatlar ikkinchi darajali maxfiylikka ega.
Qayd etilishicha, hujjatlar begona shaxslarning qo‘liga tushmagan, aybdor xodimga ogohlantirish berilgan.