Finlyandiya hukumati 16 aprel kuni Rossiya bilan chegarani noma’lum muddatga yopiq saqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Finlyandiya vazirlar kengashi rasmiy veb-saytida ma’lum qilindi. Bunday qaror Rossiyaning migrasiyadan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanishni davom ettirishi xavfi saqlanib qolayotgani bois qabul qilingan.
Finlyandiya hukumati chegaradagi vaziyatni muntazam ravishda tahlil qilish va cheklovlarning bekor qilinishi milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibiga xavf tug‘dirmasa, ularni qayta ko‘rib chiqish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara 2023 yil dekabr oyida Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlaridan kelgan va Rossiya hududi orqali o‘tib, boshpana so‘ragan muhojirlar oqimi tufayli yopilgan edi. Kreml ushbu qarordan afsusda ekanligini bildirdi, ammo migrasiya inqirozini uyushtirish yoki qochqinlarni Finlyandiyaga ataylab yuborish bo‘yicha ayblovlarni rad etdi.