Bugun 14 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Finlyandiya prezidenti: "Trampning g‘alabasidan keyin Yevropa xavfsizlikka ko‘proq sarmoya kiritishi kerak"

Finlyandiya prezidenti: "Trampning g‘alabasidan keyin Yevropa xavfsizlikka ko‘proq sarmoya kiritishi kerak"

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbning aytishicha, AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan keyin Yevropa o‘z xavfsizligiga ko‘proq sarmoya kiritishi kerak. Bu haqda "RIA Novosti" yozmoqda.

Aleksandr Stubbning ta’kidlashicha, "Qo‘shma Shtatlar Yevropaga muhtoj, ammo Yevropa Qo‘shma Shtatlar o‘zgarganini tushunishi kerak". Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari "o‘z qilayotgan ishlari uchun, masalan, xavfsizlik bo‘yicha ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari" kerak.

Stubb, shuningdek, Tramp davrida tariflarni oshirish yoki iqlim muammolari kabi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkinligini ham inkor etmadi.

Kiritildi: 15:09 12.11.2024. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!