Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30–31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb 30–31 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Finlyandiya prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinadi.

Tashrif doirasida Aleksandr Stubb biznes-forumda ishtirok etadi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ma’ruza qiladi hamda tashqi siyosat sohasidagi mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Finlyandiya prezidenti delegasiyasi tarkibiga mamlakatning savdo va sanoat vakillari ham kiritilgan.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Bunga qadar Finlyandiya prezidentlaridan Mauno Koyvisto 1992-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Kiritildi: 18:12 18.10.2025. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!