Orpo mazkur taklifni 15–16 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi sammitida muhokamaga kiritishini ma’lum qilgan.
«Kelgusi hafta Yevropa kengashi yig‘ilishida aniq chorani taklif qilaman — rossiyaliklarga Yevropaga sayohat qilish uchun turistik vizalar berishni to‘xtatish», — degan Finlyandiya bosh vaziri.
Uning ta’kidlashicha, Xelsinki Rossiya Yevropada diversiyalar uyushtirishga urinishi mumkinligidan xavotirda. Orpo shu munosabat bilan rossiyalik sayyohlarning Yevropa bo‘ylab erkin harakatlanishi masalasini ko‘targan.
Ma’lumot uchun, Finlyandiya 2022 yil sentyabr oyidayoq Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni to‘xtatgan va rossiyalik sayyohlarning mamlakatga kirishini cheklagan. Ikki davlat o‘rtasidagi quruqlik chegarasidagi o‘tkazish punktlari esa 2023 yil dekabr oyidan beri yopiq.