Finlyandiya hukumati chorshanba kunidan kechiktirmay Rossiya bilan chegarada nazorat-o‘tkazish punktini ochish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, dedi bosh vazir Petteri Orpo.
“Biz vaziyat rivojini har kuni kuzatishda davom etamiz va maqsad normal hayotga qaytish... Hozir hammasi yaxshi ekanligidan xursandmiz, biroq o‘z vaqtida qaror qabul qilinadi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi Yle nashri.