Finlandiyaning janubiy qismidagi maktabda ro‘y bergan otishma natijasida kamida uch nafar 12 yoshli o‘quvchi jarohat oldi. Polisiya gumondorni qo‘lga olgan, deb xabar beradi Report agentligi Daily Mail nashriga tayanib.
Pirkkala shahri polisiyasi mahalliy vaqt bilan 10:42 da Viyertola maktabida zo‘ravonlik yuz bergani haqida xabar olgan va voqeani bartaraf etish uchun qurollangan xodimlarni jo‘natgan.
“Jabrlanganlarning hayotiga tahdid yo‘q. Gumondor qo‘lga olindi, uning quroli musodara qilindi”, – deyiladi polisiya bayonotida.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqea yuzasidan tergov ishlarini davom ettirmoqda.