Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Finlandiya va Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishini 30 ta mamlakatdan 23 tasi ratifikasiya qildi

Finlandiya va Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lishini 30 ta mamlakatdan 23 tasi ratifikasiya qildi

Finlandiya bilan Shvesiyaning NATOga qo‘shilishi to‘g‘risidagi hujjatni hozirgacha alyansga a’zo 30 ta davlatdan 23 tasi ratifikasiya qildi, dedi bosh kotib Yens Stoltenberg Norvegiyada so‘zga chiqib.

"Bir necha soat avval AQSh senati qo‘shilish haqidagi protokolni ratifikasiya qildi. Shunday qilib, Finlandiya bilan Shvesiyaning NATOga qo‘shilishini ratifikasiya qilgan mamlakatlar 23 taga yetdi", – deyiladi uning e’lon qilingan ma’ruzasida.

Bundan tashqari, alyansning ayrim a’zolari "o‘zlarining milliy tartib-qoidalarini yakunlashga yaqin turibdi" deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.

Kiritildi: 17:44 05.08.2022. O'qildi: 2926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!