Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

Finlandiya AQShga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

AQSh parranda grippi sabab yuzaga kelgan tovuq tuxumlari yetishmovchiligi fonida Yevropa davlatlariga, xususan, Finlandiyaga ushbu masalada yordam so‘rab murojaat qildi. Ammo Helsinki Qo‘shma Shtatlarda tuxum yetkazib bermoqchi emas, chunki ushbu mahsulot eksporti bo‘yicha Vashington bilan oldinlari muzokara o‘tkazilmagan. Bu haqda Finlandiya parrandachilik assosiasiyasining ijrochi direktori Veera Lehtilya ma’lum qildi.

«Kelishilgan qoidalar bo‘lmaganidan keyin eksportni boshlash oson emas», — deydi u.

Lehtilyaning so‘zlariga ko‘ra, agar Finlandiya yetkazib berishni amalga oshira olgan taqdirda ham ushbu qaror AQShda tuxum yetishmovchiligi muammosini hal etmaydi. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, parranda grippi nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki Yevropa uchun ham muammo hisoblanadi. «Finlandiya hozirga qadar buni yaxshi uddalagan bo‘lsada, bundan qutilib qolish uchun muntazam ishlashga to‘g‘ri keladi», — deya qo‘shimcha qiladi Lehtilya.

Daniyaning Agriwatch jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh tuxum yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlarni, shuningdek, Daniya, Shvesiya va Niderlandiyaga ham yo‘llagan. «Ular asosan biz qancha hajmda tuxum yetkazib bera olishimizni so‘radi», — deydi Lehtilya.

Shvesiyaning Kronagss kompaniyasi ham AQShga tuxum eksport qilishi dargumon ekanini bildirgan, chunki eksport cheklovlari va Yevropaning o‘zida tuxum yetishmasligi bunga xalaqit beradi.

Yle’ning qayd etishicha, AQSh oldinlari tuxumni asosan Kanadadan import qilgan, ammo Donald Tramp boshlagan savdo urushi sabab importni oshirish imkonsiz.

Kiritildi: 11:13 17.03.2025. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!