Filippinning sobiq prezidenti Rodrigo Duterte o‘zi tug‘ilgan Davao shahruda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda mer lavozimini qo‘lga kiritdi
Mahalliy GMA News nashrining yozishicha, Duterte saylovda katta ustunlik bilan yetakchilik qilmoqda. Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, u asosiy raqibi — advokat Karlo Nogralesga qaraganda qariyb sakkiz barobar ko‘p ovoz olgan. Shu bilan birga, Duterterning ikki o‘g‘li ham boshqa lavozimlarga bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozonmoqda.
Xalqaro jinoiy sud 80 yoshli Rodrigo Duterte va yana bir necha shaxsga nisbatan Filippindagi narkokartellarga qarshi kurash doirasida amalga oshirilgan sudsiz qatl va boshqa inson huquqlari buzilishi holatlari yuzasidan tergov olib bormoqda. Duterte hozirda Gaagada hibsda ushlab turilibdi.
"Agar Rodrigo Duterte mer etib saylansa, uni Gaagada sud qilish ancha murakkablashadi", — deya fikr bildirdi Filippin universitetining siyosatshunoslik professori Mariya Ela Atyensa.