Bugun 26 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Filippinda “Trami” tayfuni 82 kishining umriga zomin bo‘ldi

Filippinda “Trami” tayfuni 82 kishining umriga zomin bo‘ldi

Filippinda “Trami” tayfuni oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chki qurbonlari soni 82 kishiga yetdi. Bu haqda Associated Press mahalliy polisiyaga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Luson orolidagi Batangas provinsiyasida 45 kishi ko‘chki qurboni bo‘lgan, yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan.

Avvalroq 46 nafar tabiiy ofat qurbonlari haqida xabar berilgan edi.

Tabiiy ofat 2,6 milliondan ortiq odamga turli darajada ta’sir ko‘rsatgan, ulardan qariyb 320 ming nafari evakuasiya qilingan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tayfun markazi Luzon shimoli-g‘arbidagi La Union provinsiyasidan 125 km g‘arbda joylashgan. Shamolning o‘rtacha tezligi 95 km/soatga yetadi. “Trami” shimoli-g‘arbiy yo‘nalishda 25 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Mutaxassislarga ko‘ra, agar tayfun o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmasa, 27 oktyabr kuni Vyetnamga yetib borishi, keyingi haftada esa Filippinga qaytishi mumkin.

“Trami” mahalliy vaqt bilan 24 oktyabrga o‘tar kechasi Luzon orolining shimoli-sharqidagi Isabela provinsiyasiga yetib kelgandi. Bu vaqtda shamol 95 km/soat tezlikda esgan.

Kiritildi: 23:50 25.10.2024. O'qildi: 178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!