Filippinning Sebu provinsiyasida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 69 kishidan 72 kishiga yetdi, 294 kishi jarohat oldi.
Bu haqda GMA News tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy kengashga tayanib xabar berdi.
Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, Sebu shimolidagi zilziladan 170 ming kishi jabr ko‘rgan, taxminan 20 ming kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, silkinishlar natijasida ba’zi binolar vayron bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan 21:59 da 6,9 magnitudali zilzila qayd etilgan edi. Keyinchalik magnitudasi 1 dan 5 gacha bo‘lgan 2300 dan ortiq yer silkinishlari qayd etilgan. Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti ma’lum qilishicha, zilzila Bogo shahridan taxminan 20 km shimoli-sharqda, 5 km chuqurlikda bo‘lgan.
Sebu provinsiyasida favqulodda holat e’lon qilindi. Eng ko‘p halok bo‘lganlar viloyat shimolidagi 90 ming aholisi bo‘lgan Bogo shahrida, shuningdek, San-Remijio va Medellin munisipalitetlarida sodir bo‘lgan.