Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Filippinda kuchli zilzila oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

Filippinda kuchli zilzila oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi

10 oktyabr kuni Filippinda sodir bo‘lgan 7,4 va 6,7 magnitudali ikki zilzila natijasida kamida etti kishi halok bo‘ldi.

Filippin Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish milliy kengashi (NDRRMC) ma’lumotlariga ko‘ra, zilziladan 8436 nafar kishi jabr ko‘rgan.

Hisobotda qayd etilishicha, 1265 kishi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan, yana 7915 kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Fuqarolik mudofaasi agentligi bayonotida ta’kidlanishicha, zilzila oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 11 kishi jarohat olgan.

Kuchli yer silkinishlari Mindanao janubidagi orol qirg‘oqlarida sodir bo‘lgan.

Bundan avval, 30 sentyabr kuni Palompon g‘arbiy sohilida 6,9 magnitudali zilzila yuz bergan, unda 70 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Filippin dunyodagi eng seysmik faol davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat Tinch okeani qirg‘og‘idagi “Olov halqasi” zonasida joylashgan bo‘lib, u yuqori darajadagi vulqon va zilzila faolligi bilan mashhur.

Kiritildi: 14:51 11.10.2025. O'qildi: 1185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!