Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Filippinda bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi

Filippinda bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi

Filippinning Anxeles shahrida qurilayotgan to‘qqiz qavatli binoning qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi, yana 14 kishi bedarak yo‘qolgan.

Voqea sodir bo‘lgan mintaqa Markaziy Luzon o‘t o‘chirish boshqarmasi o‘lim holatlarini tasdiqladi.

Qutqaruv xizmatlari qidiruv-qutqaruv operasiyasi doirasida qulagan binoning vayronalarini tozalashda davom etmoqda.

Bino 24 may kechasi qulab tushdi, o‘sha paytda to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan. O‘nlab ishchilar vayronalar ostida qolib ketgan, taxminan 10 kishi mustaqil ravishda qochishga muvaffaq bo‘lgan va yana 26 kishi ofatdan keyingi dastlabki soatlarda vayronalar ostidan qutqarilgan.

Yaqin atrofdagi mehmonxonada yashovchi Malayziya fuqarosi ham jarohat oldi va keyinchalik olgan jarohatlaridan vafot etdi.

Kiritildi: Bugun 10:51. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!