Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Filippin vise-prezidenti mamlakat prezidentini o‘ldirish uchun qotil yollaganini aytdi

 Filippin vise-prezidenti mamlakat prezidentini o‘ldirish uchun qotil yollaganini aytdi

"Filippin hukumati mamlakat vise-prezidenti Sara Duterte-Karpioning mamlakat prezidenti Ferdinand Markos, uning rafiqasi va parlament spikerini o‘ldirish uchun qotil yollagani haqidagi gaplaridan keyin unga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishini va’da qildi", deb yozadi The South China Morning Post.

Duterte-Karpio o‘tgan juma kuni o‘z ma’muriyati rahbari Zuleyka Lopesning hibsga olinishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida professional qotilni yollagani haqida ma’lum qilgan edi.

"Bu hazil emas. Men allaqachon kerakli kelishuvga erishganman. Yollanma qotilga agar meni o‘ldirishsa, ularning hammasini o‘ldirmaguncha to‘xtamasligi kerakligini aytdim. U rozi bo‘ldi", — degan edi vise-prezident.

South China Morning Post gazetasining qayd etishicha, Filippinda Sara Duterte-Karpio va Ferdinand Markos mansub bo‘lgan ikki hukmron klan o‘rtasidagi adovat kuchaymoqda.

"Oktyabr oyida Duterte-Karpio mamlakat prezidentini layoqatsizlikda ayblagan va uning uning boshini kesib tashlashni tasavvur qilishini aytgan edi", deya xabar beradi Sky News.

Ma’lumot uchun, Filippin prezidenti mamlakatning sobiq avtoritar rahbari Ferdinand Markosning o‘g‘li. Vise-prezident esa boshqa sobiq prezident Rodrigo Dutertening qizi. Rodrigo Duterte davrida mamlakatda giyohvand moddalar savdosida ayblangan minglab odamlar o‘ldirilgan. Xalqaro jinoiy sud buni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida tekshirmoqda.

Kiritildi: Bugun 17:47. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!