Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

A A A
FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi

FIFA 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga barcha nomzodlar e’lon qilindi.

Nomzodlar orasida amaldagi g‘olib, «Inter Mayami» vakili Lionel Messi ham bor edi. Shuningdek, sovrin uchun «Real Madrid»dan Jud Bellingem, Dani Karvaxal, Federiko Valverde, Kilian Mbappe va Vinisius Junior, «Oltin to‘p»ning amaldagi sohibi Rodri va Erling Xoland (ikkalasi ham «Manchester Siti»), Lamin Yamal («Barselona»), Florian Virts («Bayer») va faoliyatini yakunlagan Toni Kroos da’vogarlik qilmoqda.

2023 yil oxirida Messi mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan Xoland va Mbappeni ortda qoldirgandi.

Kiritildi: 09:51 29.11.2024. O'qildi: 1659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!