Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

FIFA jinoiy kiberhujumga uchradi

FIFA jinoiy kiberhujumga uchradi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) jinoiy kiberhujumga uchradi. Bu haqda jurnalist Rob Xarris X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"FIFA kiberhujum qurboni bo‘lganini ma’lum qildi. Hujum natijasida shaxsiy va xizmatga oid ma’lumotlarning cheklangan qismiga ruxsatsiz kirish imkoniyati qo‘lga kiritilgan. Federasiya huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi", — deb yozdi Xarris.

Avvalroq FIFA tashkilotning yangi prezidenti lavozimiga uch nafar nomzodning ismini e’lon qilgan edi. Navbatdagi saylovlar 2027 yil 18 mart kuni Marokashning Rabot shahrida bo‘lib o‘tadigan 77-kongressda o‘tkaziladi.

Nomzodlar — Filipp Diallo, Kodzo Tasima va FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino.

Kiritildi: Bugun 17:35. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik