Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

FIFA jahon chempionatidagi jamoalar sonini 48 taga yetkazadi

FIFA jahon chempionatidagi jamoalar sonini 48 taga yetkazadi

Avvalroq jahon chempionatida 32 ta jamoa qatnashgan. The Athletic nashrining xabar berishicha, FIFA tez orada yangi formatni tasdiqlaydi, Shimoliy Amerikada 2026 yilgi jahon chempionati yangi qoidalar asosida o‘tkaziladi.

48 ishtirokchi 4 ta jamoadan 12 ta guruhga (8 ta edi) bo‘linadi. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar hamda uchinchi o‘rinni egallagan kuchli 8 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Shu tariqa, pley-off bosqichiga 32 ta jamoa yo‘l oladi va 1/16 final bosqichi qo‘shiladi.

2026 yilgi jahon chempionati Kanada, AQSh va Meksikada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:20 14.03.2023. O'qildi: 1698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!