Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

FIFA Isroilni musobaqalardan chetlatishdan bosh tortdi

A A A
FIFA Isroilni musobaqalardan chetlatishdan bosh tortdi

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) G‘azo sektoridagi urush tufayli tashkilot nizomini buzgani uchun Isroilni barcha musobaqalardan chetlatmadi, deb xabar beradi ESPN.

Falastin futbol assosiasiyasi 2024 yilning may oyida Isroilni diskvalifikasiya qilish taklifi bilan chiqqandi. Manbaga ko‘ra, FIFA bu masalani 2024 yilning 31 avgustigacha qoldirishga qaror qilgan va shu tariqa isroillik futbolchilarga Parijdagi Olimpiada turnirida qatnashish imkonini bergan.

Isroilga qarshi shikoyatni Falastindan tashqari Osiyo Futbol Konfederasiyasi ham qo‘llab-quvvatlagan.

Millatlar ligasining 2024/25 yilgi mavsumida Isroil Belgiya, Italiya va Fransiya terma jamoalari bilan birga A ligasining ikkinchi guruhida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning bahorida FIFA va Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Rossiya terma jamoasini, shuningdek, Rossiyaning barcha klublarini ushbu tashkilotlar nazoratidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirishga qaror qildi. Bunga Ukrainaga bosqin sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 13:57 20.07.2024. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!