Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

FIFA Isroilni futboldan chetlatish masalasini 31 avgustga qoldirdi

A A A
FIFA Isroilni futboldan chetlatish masalasini 31 avgustga qoldirdi

FIFA Isroilni futboldan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqish muddatini keyinga qoldirdi, deya xabar bermoqda ESPN.

FIFA Falastinning Isroilni G‘azodagi harbiy harakatlari uchun rasmiy turnirlardan chetlatish masalasida may oyidagi murojaatini 20 iyul shanba kuni navbatdan tashqari kengash yig‘ilishida ko‘rib chiqib, qaror qabul qilishi kerak edi.

Ammo FIFA «bu jarayonni batafsil o‘rganish va aniq baho berish uchun ko‘proq vaqt kerak» deb hisoblagan. Ya’ni, qaror endi Olimpiada-2024dan keyin qabul qilinadi. Qayd etilishicha, har ikki tomon ham «o‘z pozisiyalarini taqdim etish uchun» muddatni uzaytirishni so‘ragan. Inson huquqlari bo‘yicha huquqshunoslar tomonidan o‘tkazilgan mustaqil huquqiy baho esa endi 31 avgustgacha FIFAga topshirilishi belgilangan.

Shu tariqa, Isroil olimpiya jamoasi Parij-2024 turnirida ishtirok etadi. Isroilliklar guruhda Yaponiya, Mali va Paragvay maydonga tushadi.

Avvalroq, Osiyo futbol konfederasiyasi ham Falastinning Isroilni FIFA bayrog‘i ostida o‘tadigan barcha rasmiy turnirlardan chetlatish haqidagi talabnomasini qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, Isroilning G‘azoga hujumi natijasida ekslavda halok bo‘lganlar soni 38 ming 794 nafarga yetgan. 89 ming 364 kishi yarador qilingan. 21 mingdan ortiq bolalar bedarak yo‘qolgan hisoblanadi. So‘nggi bir sutka ichida Isroil armiyasi 4 ta ommaviy qirg‘in o‘tkazib, 81 kishining o‘limi va 198 kishining yaralanishiga sababchi bo‘ldi. Hujumlar natijasida G‘azoda faoliyat ko‘rsatib kelgan 26 ta shifoxonadan 23 tasining faoliyati to‘xtagan.

Eslatib o‘tamiz, FIFA va UYEFA so‘nggi marta 2022 yilning 28 fevral kuni Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlari uchun o‘z bayrog‘i ostida o‘tadigan barcha xalqaro turnirlardan chetlatganini e’lon qilgandi.

Kiritildi: 15:29 20.07.2024. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!