Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIDE ukrainalik shaxmatchini 3 yilga diskvalifikasiya qildi

FIDE ukrainalik shaxmatchini 3 yilga diskvalifikasiya qildi

Bu haqda uzchess Telegram kanali xabar berdi.

"GM Kirill Shevchenko 3 yilga musobaqalardan chetlatildi. 22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko FIDE tomonidan barcha musobaqalardan 3 yillik chetlatish jazosiga tortildi. Bu qaror Ispaniya Jamoaviy Shaxmat Chempionatida hojatxonadan topilgan telefon sabab boshlangan mojarodan keyin, shuningdek, Shevchenkoning g‘irromlik qilganini tan olganidan so‘ng e’lon qilindi. O‘yin paytida shaxmatchilarni nazorat qilgan hakamlar Shevchenkoning taxtadan uzoq vaqt davomida ketib qolishi ustidan shubha bildirgan edi. Tergov davomida hojatxonadan topilgan ikkita telefon va ularning egasi noma’lum bo‘lgani tahminlarni kuchaytirdi. Dastlab Shevchenko 75 kunlik vaqtinchalik chetlatish jazosi bilan jazolangan edi. Chess.com xabariga ko‘ra, Shevchenko FIDE Fair Play Komissiyasiga avval sodir bo‘lgan bir g‘irromlik voqeasini tan olgan. Mazkur tan olish chetlatish muddatining uzayishiga sabab bo‘ldi. Natijada FIDE uni 3 yilga barcha rasmiy musobaqalardan chetlatish to‘g‘risida rasmiy qaror chiqardi", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:52 28.03.2025. O'qildi: 711 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!