Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIDE: 2025 yildagi 2 ta nufuzli musobaqa Samarqandda o‘tkaziladi

A A A
FIDE: 2025 yildagi 2 ta nufuzli musobaqa Samarqandda o‘tkaziladi

FIDE 2025 yildagi 2 ta nufuzli musobaqa O‘zbekistonda o‘tkazilishi e’lon qildi. "Grand Swiss" va "Women’s Grand Swiss" turnirlari 3–15 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Nega aynan O‘zbekiston?

— Boy shaxmat merosiga ega kuchli shaxmat mamlakati.
— 2022 yilgi Ayollar nomzodlar turniri, 2023 yilgi Rapid va Blis bo‘yicha Jahon chempionatlari hamda yaqinlashib kelayotgan 2026 yilgi Shaxmat olimpiadasi kabi yirik tadbirlar mezboni.
— Yaqinda bo‘lib o‘tgan Shaxmat olimpiadalarida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritgan terma jamoalar vatani!

Asosiy jihatlar:

— Har bir musobaqaning birinchi ikki o‘rin sohiblari 2026 yilgi Nomzodlar turniriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi.
— Sovrin jamg‘armasi kamida 30%ga oshirildi!

Avvalgi g‘oliblar:

— Grand Swiss: Van Hao (Xitoy, 2019), Alirizo Firuzja (Fransiya, 2021), Vidit Gujrati Santosh (Hindiston, 2023).
— Women’s Grand Swiss: Ley Ting Je (Xitoy, 2021), Vayshali Rameshbabu (Hindiston, 2023).

"O‘zbekistonning shaxmatni rivojlantirishga bo‘lgan sadoqati namunaviy bo‘lib, Samarqand bu nufuzli tadbir uchun ideal joy hisoblanadi. "Grand Swiss" va "Women’s Grand Swiss" musobaqalari FIDE taqvimining eng muhim voqealaridan biriga aylangan va biz yana bir bor O‘zbekiston bilan hamkorlik qilib, dunyo darajasidagi musobaqani o‘tkazishdan faxrlanamiz", — dedi FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich.

Sanani yodda tuting: 2025 yil 3–15 sentyabr!

Kiritildi: 20:03 20.01.2025. O'qildi: 1290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!