Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Feyk xabarlarni aniqlovchi platforma yaratildi

A A A
Feyk xabarlarni aniqlovchi platforma yaratildi

IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi feyk xabarlarni aniqlovchi platforma yaratdi.

Markazning ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda pul ishlashning oson yo‘li, mo‘may daromad topish va’da qilingan xabarlarga aldanib qolish holatlari ko‘p uchrayapti. Feyk saytlar orqali, masalan, minimum 50 AQSh dollarigacha pul tikib, bundan katta foiz olish mumkinligi aytiladi. Odamlar esa tikilgan mablag‘ning ko‘payib borayotganini ko‘rib turadi. Bu platformalar mashhur shaxslar yoki katta kompaniyalar nomidan “tashkil qilingani” tarmoq foydalanuvchilarini qiziqtirib qo‘yishi va aldanib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari turli aksiyalar, yutuqli o‘yinlar haqidagi xabarlarga qiziqib, aldanib qolish holatlari ham ko‘p.

Shuning uchun shaxsiyga kelgan xabarlarni va qiziqtirgan har qanday havolani taklif qilinayotgan ushbu platforma orqali tekshirib olish kerak.

Buning uchun https://fake.cyber102.uz/ saytiga kiriladi. Tekshiruv yo‘lagiga xabar havolasi kiritiladi, sayt tomonidan maxfiy so‘z so‘raladi. Maxfiy so‘z kiritilganidan keyin sayt avtomatik tarzda xabarning feyk yoki rasmiy ekanligini aniqlab beradi.

Kiritildi: 14:25 07.07.2023. O'qildi: 2536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!