Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Fevralda Ukrainaga AQSh harbiy yordamining to‘xtatilishini Tramp emas, balki uning mudofaa vaziri Hegset buyurgan — Reuters

Fevralda Ukrainaga AQSh harbiy yordamining to‘xtatilishini Tramp emas, balki uning mudofaa vaziri Hegset buyurgan — Reuters

"Bu Oq uyda bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha yig‘ilishdan keyin sodir bo‘lgan. Mazkur uchrashuvda Pentagon rahbari va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar ishtirok etgan. Yig‘ilishda Ukrainaga yordamni to‘xtatish g‘oyasi muhokama qilingan, biroq Tramp bu bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma bermagan. Shunga qaramay, Hegset Tramp hamda boshqa rasmiylarni ogohlantirmasdan tegishli buyruqni bergan. Oradan bir hafta o‘tib, harbiy yordam yetkazib berish qayta tiklangan", deb yozmoqda agentlik manbalariga tayanib.

Oq uy bunday holat ro‘y berganini rad etdi. Pit Hegset Reuters'ga bergan izohida, prezident Donald Trampning ko‘rsatmasini bajarganini bildirdi.

Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatish to‘g‘risidagi buyruq aynan qaysi sanada berilgani aniq emas, ammo 2 fevral kuni bu borada Ukrainadan va Yevropadan tegishli so‘rovlar kelib tushgan.

"Demak, gap mart oyi boshida kuzatilgan yordam muzlatilishi haqida emas, u Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi Oq uyda yuz bergan ziddiyatdan keyin ro‘y bergandi", deya aniqlik kiritdi Reuters.

Kiritildi: 23:06 06.05.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!