Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar SH.N. va SH.A. “A.F.” fermer xo‘jaligidan olinib Yozyovon tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilgan 133,5 gektar yer maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fermer xo‘jaligiga qaytarib olib berish evaziga xo‘jalik rahbaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.