Federal Qidiruv Byurosi (FQB) direktori Kesh Patel Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni "narkotik sotadigan diktator" deb atadi va uni qo‘lga olganga 50 million dollar mukofot berilishini e’lon qildi.
Bu haqda Patel o‘zining ijtimoiy tarmoqda yozdi.
"Maduro shunchaki poraxo‘r emas, u narkoterrorda ayblangan diktator. Amerika hech qachon uning qon pullari uchun xavfsiz boshpana bo‘lmaydi", deyiladi postda.
Avvalroq, 3 oktyabr kuni AQSh harbiylari Venesuelada ehtimoliy giyohvandlikka qarshi operasiyaga tayyorligi xabar qilingandi. The Washington Examiner nashrining yozishicha, harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlari, jumladan, harbiy-dengiz kuchlari kemalari, F-35 qiruvchi samolyotlari, Harrier samolyotlari va dengiz piyodalari bo‘linmalari operasiyaga tayyorlandi. Asosiy portlar va aerodromlarni nazorat qilish AQShga mamlakatdagi doimiy harbiy ishtirokini oshirish va saqlab qolish imkonini beradi.