Mutaxassislar orbitada 200 kundan ortiq vaqt o‘tkazgan Xitoyning «Shenchjou-20» kosmik kemasi ekipaj a’zolarining qaytishi uchun yangi reja ishlab chiqmoqda, deb xabar beradi thepaper.cn.
Xitoy kosmik stansiyasi odatiy rejimda ishlamoqda va bir vaqtning o‘zida ikkita ekipajni qo‘llab-quvvatlashga qodir. «Shenchjou-20» taykonavtlari yangi «Shenchjou-21» missiyasi a’zolari bilan birgalikda orbitada ilmiy tajribalar o‘tkazdi va bu ularning ish samaradorligini oshirdi.
Xitoyning kosmik dastur agentligi qaytishga tayyorgarlik jadvalga muvofiq ketayotganini ta’kidladi.
“Muhandislik guruhlari kompleks tahlil va modellashtirish ishlarini olib bormoqda, kosmik kemaning xavfsizligini sinovdan o‘tkazmoqda va baholamoqda hamda ekipajning yangilangan qaytish rejasini ishlab chiqmoqda. Asosiy komponentlarning holati tekshirildi va ularning sifati tasdiqlandi”, - deyiladi kosmik agentlik bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, ekipajning qaytishi 5 noyabrga rejalashtirilgan edi. Qaytish kosmik chiqindilar orbitaga kirganidan keyin qoldirildi. Stansiya uch kishini sig‘dira oladi, biroq missiya o‘tishlari paytida vaqtincha oltitagacha ekipaj a’zosini sig‘dira oladi.