Moskvaning "Spartak" klubi sobiq futbolchisi Eduard Mor Abbos Fayzullayevning 2024 yilda Osiyoning "Eng yaxshi yosh futbolchisi" sifatida tan olinishiga o‘z munosabatini bildirdi.
"Fayzullayev juda yaxshi va istiqboli bor futbolchi. U kichkina, ozg‘in bo‘lishiga qaramay kurashlarda samarali harakat qiladi. Qaysidir ma’noda noodatiy harakatlari bor. Maydon markazida o‘yinni yaxshi rivojlantirish va keskinlashtirish qobiliyatiga ega. Abbos bu mukofotga loyiq edi. Ishonamanki, u yozda top-5 chempionatlaridan jiddiyroq Yevropa klubiga ketadi",- deydi Eduard Mor "Match TV"ga bergan intervyusida.