Bugun 14 mart, 2026 yil, shanba

КИР

Fayzullayev va Shomurodov "Galatasaroy"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Fayzullayev va Shomurodov "Galatasaroy"ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadimi?

Bugun Turkiya Superligasining 26-turi doirasida markaziy to‘qnashuvlardan biri guvohiga aylanishimiz mumkin. Musobaqa peshqadamlaridan biri "Galatasaroy" o‘z maydonida Nuri Shaxin boshqaruvidagi "Bashakshehir"ni qabul qiladi.

Ushbu bahs o‘zbek futboli ishqibozlari uchun alohida ahamiyatga ega. Sababi, nufuzli Fanatik nashri taqdim etgan taxminiy tarkiblarga ko‘ra, mehmonlar safida hamyurtlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.

Quyida jamoalarning ehtimoliy tarkiblari bilan tanishishingiz mumkin:

"Galatasaroy": Ugurjon, Sallai, Singo, Sanches, Yakobs, Torreyra, Lemina, Barish Alper, Sara, Lang, Osimxen.

"Bashakshehir": Muhammed, Berat, Opoku, Duarte, Umut Gyunesh, Omer Ali, Yusuf Sari, Brnich, Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov, Zelke.

Chempionlik poygasi va yuqori o‘rinlar uchun kurashda strategik muhim hisoblangan mazkur bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00'da start oladi.

Kiritildi: Bugun 10:55. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!