Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" jamoasi matbuot kotibi Go‘kxan Yilmaz SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevga qiziqish bildirilayotgani haqidagi ma’lumotga izoh berdi.
"Jamoamiz skautlari bilan gaplashdim, ular hozircha bunday tashabbus yo‘qligini aytishdi", – dedi Yilmaz.
Fayzullayev o‘tgan mavsum SSKA safida 39 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 8 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.