Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Favqulodda holatlarni boricha yoritish kerakmi yoki yo‘q?

Favqulodda holatlarni boricha yoritish kerakmi yoki yo‘q?

Adliya vazirligida jurnalistlar uchun “OAVda favqulodda vaziyatlarni yoritishning huquqiy jihatlari” mavzuida onlayn-seminar bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan vebinarda yuridik fanlar doktori, YUMOM kafedra mudiri Boboqul TOSHEVning “Favqulodda vaziyatlar jurnalistikasining huquqiy jihatlari” haqidagi ma’ruzasi tinglandi.

Hozir “Texnogen ofatlarni OAVda yoritishning o‘ziga xos jihatlari: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” mavzuida FVV mas’ul xodimi Samandar Hikmatullayev ma’ruza qilyapti.  — Turli  favqulodda holatlarni yoritishda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Masalan, cho‘kib ketgan bolaning murdasini, avtohalokatga uchragan odamning suratini berish orqali uning yaqinlari ruhiyatiga yomon ta’sir ko‘rsatish mumkin. Axborot yetkazishda qonunchilikka amal qilish kerak. To‘g‘ri, favqulodda holatlarni yoritish kerak, lekin favqulodda holatlarda odamlar o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatish to‘g‘riroq bo‘lar edi. Jurnalistlarning hamkorligi bu yerda juda muhim, — ta’kidladi S.Hikmatullayev.

Shundan so‘ng, O‘zJOKU o‘qituvchisi Beruniy Alimovning “Favqulodda holatlarini yoritishda jurnalistlar faoliyatidagi etik cheklovlar” nomli ma’ruzasi tinglandi. — Yuqorida hozir mutaxassislar tomonidan davlatimizda favqulodda holatlar sohasini yoritadigan jurnalistlar kamligi, borlarida ham mavzuni yoritishda professionallik yetishmayotgani, ba’zan ular tomonidan sohadagi atamalar ham noto‘g‘ri qo‘llanish holatlari uchrayotgani ta’kidlandi.

Yana bir muammo hozirda sog‘liqni saqlash sohasida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat paytida infodemiya atamasi paydo bo‘ldi.   Infodemiya xatolarning bo‘rttirilishi, yolg‘on xabar va mish-mishlarning avj olishiga olib kelmoqda. U, shuningdek, samarali javob choralari ko‘rilishiga halal berishi, kasallikning oldini olish uchun taklif etiladigan yechim va maslahatlarga nisbatan chigallik va ishonchsizlik tug‘ilishiga sabab bo‘lish mumkin.

Inglizlarda bir aqida mavjud: “Qon chiqmasa hisobmas”. Bilamizki, odamlar qonli voqealar, janjalli hodisalar va tahdidlarga oid axborotlarga o‘ch. Ko‘plab OAV vakillari asosan shunday xabarlarni yoritishdan manfaatdor bo‘layapti. Ammo bu insonlar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ular ko‘nglida vahima va qo‘rqinch uyg‘otishi va ayanchli fojealarga olib kelishi mumkinligi, bu voqealar ortida inson taqdiri yotgani ular uchun muhim emas. Ammo O‘zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksida ham jurnalist odamlarning shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini hurmat qiladi. Shaxs sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi, deyilgan. Jurnalistlar mazkur qoidalarga amal qilishi zarur va shart deb hisoblayman.

Rimliklarda bir tushuncha bor. Ya’ni, Siz o‘sib kelayotgan gulga qanchalik sen go‘zalsan, chiroylisan desangiz u haqiqatdan go‘zallashib, chiroyli o‘sadi. Agarda unga sen ilonsan, hunuksan desangiz u albatta, ilon shaklida o‘sadi. Majoziy ma’noda jurnalistlar ham axborot yetkazishda mana shu jihatni ham yodda tutishlari kerak.

Jurnalist favqulodda vaziyatlarni yoritishda nimalarga e’tibor qilishi kerak?

  • Etika jihatidan vazmin va mas’uliyatli bo‘lish;
  • Ijtimoiy jihatdan mas’uliyatli bo‘lish;
  • Faqat bitta hududdagina sodir bo‘layotgan favqulodda hodisalar, holatlarni yortish orqali shu hudud haqida noto‘g‘ri imidj shakllantirib qo‘ymaslik. Ya’ni, voqea-hodisalarni yoritishda axborot muvozanatini buzmaslik kerak;
  • Shov-shuvli xabar bo‘lishidan yoki vahima tarqatishdan o‘zini tiyish;
  • Ishonchli, ilmiy asoslangan, haqqoniy va sinalgan manbalardan foydalanish;
  • Mazkur vaziyat tufayli aholi orasida xavotir uyg‘onishiga sabab bo‘ladigan holatlarga oydinlik kirita oladigan olimlar, tadqiqotchilar, jamoat salomatligi sohasi mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari ishchi-xodimlari hamda boshqa bilim sohasi mutaxassislaridan iqtiboslar keltirish;
  • Kasallik tarqalishini to‘xtatib turish va/yoki susaytirishga yordam beruvchi choralar to‘g‘risida yozish;
  • Bemorlarning sog‘ayishi, kasallikka qarshi kurashish choralarini ko‘rayotgan odamlar hamjamiyati, yoki yondashuvlari o‘rganilishga loyiq bo‘lgan mamlakatlar to‘g‘risida so‘zlab berish;
  • O‘z sog‘liqlari va ular suhbat qurayotgan kishilarning sog‘liqlarini muhofaza qilishga taalluqli bo‘lgan rasmiy tavsiyalarga rioya etish;
  • Bemorlarning shaxsiy hayoti daxlsizligini hurmat qilish va ularning shaxsiyatlarini oshkora qilmaslik hamda ularning roziligisiz ular haqida to‘liq ma’lumot bermaslik;
  • Epidemiologiya asoslaridan boxabar bo‘lish;
  • Odamlar orasida chalkashlik, tashvish va qo‘rquv yanada ko‘payishiga hissa qo‘shadigan, yolg‘on axborot tarqatuvchi kishilar fikrlarini ommalashtirmaslik zarur — ta’kidladi B.Alimov.
    Seminar so‘nggida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
    Tadbirdan xulosa esa shunday bo‘ldi: favqulodda vaziyatlarga oid xabarlar aholini vahimaga solmaydigan va inson sha’niga tegmaydigan, ma’lumotlar asl holicha, bo‘rttirib yoki yashirmagan holatda xolis yoritilishi kerak!
Kiritildi: 04:00 26.06.2020. O'qildi: 3195 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!