Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Farzandini maktabga yubormagan ona jarimaga tortildi

Farzandini maktabga yubormagan ona jarimaga tortildi

MIB xodimlari tomonidan Andijon viloyatining Baliqchi tumanida ona o‘z farzandini maktabga yubormasdan uy yumushlarini qildirib kelgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, farzandini maktabga yubormasdan uy yumushlarini qildirib kelgani uchun ona hudud profilaktika inspektori tomonidan jarimaga tortilgan. Biroq farzandi ta’limiga befarq ona ma’muriy jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan.

Majburiy ijro byuro xodimlari tomonidan berilgan ogohlantirishdan so‘ng, ayol farzandini maktabga yubormaganligi uchun qo‘llanilgan 375 000 so‘m jarimani to‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 375 ming so‘mdan 1 mln 875 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kiritildi: 10:45 07.01.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!