Savol:
Assalomu alaykum. Farzandlarimizga arabcha ism qo‘yishimiz shartmi? Yoki o‘zbekcha go‘zal ism qo‘ysak ham joizmi?
Javob:
Albatta, farzandga go‘zal ism qo‘yish otaning farzand oldidagi burchidir. Ismning ma’nosi yaxshi bo‘lishi kerak. Bolaga arabcha ism qo‘yish majburiy emas, chiroyli o‘zbekcha ismlarni qo‘ysa bo‘ladi.
Vallohu a’lam.