Bugun 25 avgust, 2019 yil, yakshanba

КИР

Farrux Zokirovga qo‘yilgan “zapret” olib tashlandimi?

Farrux Zokirovga qo‘yilgan “zapret” olib tashlandimi?

Xabaringiz bor, joriy yilning may oyi boshlarida bir guruh ziyolilar, yozuvchi va shoirlar, san’atkorlardan iborat jamoa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga rus tiliga “rasmiy til” maqomini berish bo‘yicha murojaat yo‘llagan edi. Ushbu holat jamoatchilik orasida va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Murojaatni imzolaganlar orasida esa O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ham bo‘lgan. 

O‘tgan asrning 70-yillari o‘rtalarida tuzilgan “Yalla” guruhi rahbari Farrux Zokirov murojaatni imzolaganidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda unga qarshi e’tirozlar kuchaydi. Hatto, Zokirov istiqomat qilayotgan uy eshigiga borib, namoyish o‘tkazganlar ham topildi. Bu orada Farrux Zokirov norasmiy “zapret”ga yo‘liqdi.

Bundan bir necha oy avval “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tayotgan konsert dasturida O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning chiqish qilishi belgilangan edi. Zokirov sahnaga chiqishiga bir necha daqiqa qolganda, uning qo‘shiq kuylashiga ruxsat berilmadi va u ortiga qaytdi. Bo‘lib o‘tgan ushbu voqeaga QALAMPIR.UZ muxbiri guvoh bo‘lgandi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Farrux Zokirovga qo‘yilgan norasmiy taqiq yana olib tashlangan. Bu kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga amalga oshirgan ilk tashrifi doirasida yuz bergan. Prezidentning tashrifi munosabati bilan Minskda o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi tashkil etilgan. Unda MDH mamlakatlarida katta shuhrat qozongan Farrux Zokirov ham ishtirok etgan. 

Eslatib o‘tamiz, Farrux Zokirov Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelgunga qadar mamlakatda norasmiy taqiqqa uchragan edi. O‘zbekiston xalq artistlari Sherali Jo‘rayev, Yulduz Usmonova qatorida Farrux Zokirovga nisbatan “zapret” 2017 yilga kelib yechib yuborildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Farrux Zokirov 1946 yilning 16 aprel kuni taniqli san’atkor Karim Zokirov oilasida dunyoda kelgan. U 2002-2004 yillarda Madaniyat vaziri o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U 1987 yilda O‘zbekiston xalq artisti, 1993 yilda Qoraqalpog‘iston xalq artisti, 1995 yilda Qozog‘iston xalq artisti, 1996 yilda Qirg‘iziston xalq artisti, "Shuhrat" medali, 2000 yilda Tojikiston xalq artisti, Ingushetiya xalq artisti, 2017 yilda Qirg‘izistonning "Do‘stlik" ordeni, 2018 yilda "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan, deydi "qalampir.uz".

Kiritildi: 07:30 05.08.2019. O'qildi: 3393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!