Bugun 5 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Farrux Abduraimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi

Farrux Abduraimov Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari etib saylandi

Joriy yilning 3 noyabr kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Senat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan Farrux Soyibjonovich Abduraimov besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylandi.

Shu bilan birga Alisher Ataxanovich Usmanov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Kiritildi: 17:55 03.11.2026. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!