Rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi «Oltin globus»ning «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» nominasiyasida g‘oliblikka da’vogarlar ro‘yxatidan joy oldi.
Har yili Gollivud xorijiy matbuot assosiasiyasi «Chet tilidagi filmlar» nominasiyasida «Oltin globus» mukofotini taqdim etadi.
Saralash uchun filmlar kinematografiya, musiqiy yoki komediya yo‘nalishlaridan birida bo‘lishi kerak.
Bu yil 77 mamlakatning 138 ta filmi "Oltin globus" mukofotiga «Xorijiy tildagi eng yaxshi film» nominasiyasi bo‘yicha laureantlik qilmoqda. Bu yil o‘tgan yilgilardan farqli o‘laroq, har bir mamlakat bir qancha filmi bilan ishtirok etishi mumkin. Ya’ni filmlar malaka talablariga mos kelsa bo‘ldi, son jihatdan cheklovlar olib tashlangan.
Mukofotning 2020 yildagi 78-«Xorijiy tildagi eng yaxshi film» yo‘nalishida rejissyor Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» ham yakuniy nomzodlar qatorida qayd etildi.