Beshariq tumani. Abdurazzoq-ota mahalla hududida yashovchI R.I ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 19 yanvar kunidan 21 yanvar kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasidagi tokchasida bo‘lgan 450 AQSh dollari va 500 ming so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni P.G ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.