Velosipedchilar jami 34 kishi bo‘lib, ular 1000 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, Surxondaryo viloyatiga yetib borishni rejalashtirgan.
Guruhdagi otaxonlardan eng kattasining yoshi 83da, eng yoshi – 63da. Bulung‘ur tumanida ular tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Samarqand 15 yildan buyon ushbu tashabbus guruhiga mezbonlik qilib kelmoqda, deb xabar berdi viloyat sport boshqarmasi Sputnik'ga.