Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onadagi masjidda fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi

A A A
Farg‘onadagi masjidda fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi

Farg‘ona viloyatidagi Said Ahmad Hoji jome masjidida fuqaro boshqa bir shaxsga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Pochtachi” telegram kanali Bosh prokuraturaga tayanib xabar berdi.

Holat Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, 15 iyul kuni masjid binosiga peshin namozini o‘qish uchun kirgan ikki nafar fuqaro o‘rtasida o‘zaro janjal yuzaga kelgan.

Masjid taxoratxonasiga kirgan 39 yoshli erkakning ortidan kirgan sherigi yonida bo‘lgan pichoq bilan uning bosh, bo‘yin va qorin qismiga bir necha bor urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, u masjidga qo‘shni binoda joylashgan “Navbaxor” MFY mas’ullari oldiga kirib, bo‘lgan voqeani aytib bergan. Aniqlanishicha, ikki fuqaro ham Qo‘qon shahrida yashaydi.

Dang‘ara tuman prokuraturasi ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi birinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Ayni paytda pichoqlangan erkakning holati barqaror ekanligi aytilmoqda.

Kiritildi: 15:26 06.07.2023. O'qildi: 1743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!