Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onadagi 350 ta maktab to‘liq ta’mirlanadi, barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlanadi

Farg‘onadagi 350 ta maktab to‘liq ta’mirlanadi, barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlanadi

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida ta’limga oid rejalar haqida to‘xtaldi.

“Farg‘ona viloyatida maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyoj 100 foizga qoplanadi. Buning uchun 2 mingta yangi davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etiladi.

2030 yilga qadar, zamonaviy maktablar barpo etish, mavjudlarining quvvatini oshirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvatlash hisobiga qo‘shimcha 125 ming o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Natijada, mavjud quvvatlarga nisbatan 2 baravar ko‘p o‘quvchiga ega bo‘lgan 175 ta maktab yuklamasi kamaytiriladi.

Shu bilan birga, viloyatdagi 350 ta maktab to‘liq ta’mirlanadi, barcha maktablar zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlanadi”, - dedi nomzod.

Kiritildi: 15:42 15.06.2023. O'qildi: 958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!