Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada yana bir fuqaro karantinni buzdi

A A A
Farg‘onada yana bir fuqaro karantinni buzdi

Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashni yanada kuchaytirish bo‘yicha mamlakatimizda barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Dunyo miqyosida global muammoga aylangan pandemiya xavfini yumshatish va uning keng tarqalishini oldini olish borasidagi eng zarur choralardan biri bu shubhasiz axolining yashash honadonida bo‘lishi, zarur bo‘lgan oziq-ovqat va dori-darmon vositalaridan tashqari holatlarda ko‘chaga chiqmaslik va karantin qoidalariga qat’iy amal qilishdir. Aks holda qonun doirasida chora ko‘rilishiga sabab bo‘ladi. Mamalakatimizda koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin choralar bilan kurash olib borilayotgan ayni bir paytda, mazkur o‘rnatilgan tartib qoida talablariga hamma ham rioya qilayapdimi degan haqli savol tug‘iladi. Ammo oramizda shunday fuqarolar borki, ular nafaqat belgilangan tartib qoidalarga rioya qilmayapti, balki, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda xarakat qilayotganlar xam uchrab turganligi achinarli holatdir. O‘zbekiston tumanida istiqomat qiluvchi E.D. ana shunday fuqarolardandir.

O‘zbekiston tuman ma’muriy sudi raisi   Avazbek Rahimovning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, huquqbuzar E.D. 2020 yil 11 aprel kuni soat 16-00 larda, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzib, O‘zbekiston tumani A.Jomiy mahalla fuqarolar yig‘ini Bodomzor ko‘chasida mast xolda  baqir chaqir qilib, uyatli so‘zlar bilan so‘kinib, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini hamda jamoat tartibini buzib, tuman IIB profilaktika inspektorining bezorilik xatti-harakatlarini to‘xtatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmasdan, mayda bezorilik qilgan.

Huquqbuzar E.D.ning yuqoridagi g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlari O‘zbekiston tuman ma’muriy sudi tomonidan 2020 yil 14 aprel kuni ochiq sud majlisida ko‘rib chiqilib, huquqbuzar E.D. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 54-moddasi 2-qismi, 183-moddasi va 194-moddasining 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 34-moddasi tartibida unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Aziz hamyurtlar, zaruriyat bo‘lmasa uydan chiqmang uyda qoling. Karantin qoidalariga qat’iy rioya qiling! Bu bilan Siz o‘zingizni, farzandlaringizni, yaqinlaringizni va butun O‘zbekiston halqini asragan va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga juda katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

                                                       

                                                                

 

Kiritildi: 12:55 17.04.2020. O'qildi: 2242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!