Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada xavfsizlik choralari ko‘rilmagan AGTKSh gaz ta’minotidan ajratildi

Farg‘onada xavfsizlik choralari ko‘rilmagan AGTKSh gaz ta’minotidan ajratildi

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Uchko‘prik tumanida joylashgan «F.M.S.» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida o‘rnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi me’yor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Xususan, o‘rganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi hamda mazkur AGTKShlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz ta’minotidan ajratildi.

Kiritildi: 15:39 02.03.2024. O'qildi: 872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!