Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Qo‘qon shahrida joylashgan uy bog‘chasida 43 nafar bolaga tegishli ma’lumot va ruxsatsiz diniy saboq berib kelingani aniqlandi. Bunda har bir bolani o‘qitish evaziga 2024 yilning may oyidan buyon oyiga 450 ming so‘mdan haq olingan.
Marg‘ilon shahrida qayd etilgan holatda esa Toshloqtepa MFYda joylashgan xonadonlardan birida hujra tashkil etilgani aniqlandi. Surishtiruvlarda aniqlanishicha, 2005 yilda tug‘ilgan shaxs boshqa bir fuqaroning uyida respublikaning turli hududlaridan bo‘lgan 6 nafar bolaga diniy saboq berib kelgan.
Shu bilan birga, Marg‘ilon shahar Nurafshon MFYda yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan shaxs ham o‘z xonadonida hujra tashkil etgani fosh bo‘ldi. Ushbu shaxs o‘zining 2004 yilda tug‘ilgan sherigi bilan birgalikda 5 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy ma’lumotga ega bo‘lmay turib, shu yo‘nalishda saboq berishni yo‘lga qo‘yishgan.
Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslar va bolalarini hujraga topshirgan ota-onalarni qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.