Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan 25 yoshli yigit uydagi ayolni farzandlari oldida o‘ldirdi

Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan 25 yoshli yigit uydagi ayolni farzandlari oldida o‘ldirdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik jinoyatlarini sodir etgan shaxsni 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1990 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi u ijtimoiy tarmoqdagi o‘yin uchun yaqinlaridan qarz olib, pullarni o‘z vaqtida qaytara olmaydi. Shu sababli, tanishlardan olgan qarzlarini qaytarish maqsadida o‘ziga yaqin bo‘lgan hududdagi xonadonga tunda o‘g‘irlikka tushadi.

Shu payt uyda uch nafar voyaga yetmagan farzandlari bilan uxlab yotgan ayol uyg‘onib ketadi. Sudlanuvchi o‘zi bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jism bilan ayolning hayotiga nuqta qo‘yadi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etadi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksi"ning 97-moddasi 2-qismi "j" bandi va 164-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 10:30 14.02.2025. O'qildi: 2344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!