Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" aniqlandi

Farg‘onada tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan "Metan zapravka" aniqlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari va ta’minot korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida “F.P. S” MCHJga qarashli Farg‘ona tumani, Novkent shaharchasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shaxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Xususan, shaxobchada gaz iste’moli hajmini o‘zgartirish maqsadida o‘lchov tizimidagi patrubka ichki qismiga davlat standarti talablariga zid tashqi ta’sir ko‘rsatilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 milliard 193 million so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:54 22.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!