Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada suv ta’minoti xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (FOTO)

Farg‘onada suv ta’minoti xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan suv ta’minoti xodimi kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 9 mart kuni “Farg‘ona suv ta’minoti” MCHJning O‘zbekiston tumani filiali inspektori D.S. tumandagi Sochtepa ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biriga borgan. Ushbu xonadonda suv ta’minoti holatini o‘rganish davomida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hisoblagich mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanilishi haqida ma’lum qilingan vaqtda ushbu xonadonda yashovchi fuqaro Fazliddin Pardayev xizmat vazifasini bajarayotgan inspektor D.S.ga qarshilik qilib, janjallashgan. Janjal davomida F.Pardayev o‘sha yerda bo‘lgan yog‘och bo‘lagi bilan inspektor D.S.ning bosh qismiga urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Farg‘onada suv ta’minoti xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (FOTO) Farg‘onada suv ta’minoti xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi (FOTO)

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi F.Pardayev prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:16 10.03.2026. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!