Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Farg‘onada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Hindistonga eksporti ko‘paytiriladi

Farg‘onada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Hindistonga eksporti ko‘paytiriladi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Haryana shtati Dehlidagi vakolatxonasi rahbari Dammu Suresh bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari, turli sohalarda rivoj topib borayotgan xalqaro aloqalar, xorijlik sarmoyadorlar faoliyati uchun yaratilgan qulay muhit haqida ma’lumot taqdim etildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan investisiyaviy loyihalar va eksportbop tayyor mahsulotlar bo‘yicha takliflarni hind tomoni katta qiziqish bilan kutib oldi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi aloqalar izchil rivoj topayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati delegasiyasining 2022 yil Haryana shtatiga amaliy tashrifi davomida ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlariga asos solingan edi. Bugungi kunda turli soha vakillari tomonidan o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanib bormoqda.

Uchrashuvda hududlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish, xususan, investisiyalar oqimini ko‘paytirish, yangi qo‘shma korxonalar tuzish, Farg‘onada ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport hajmini oshirish, sayyohlik almashuvini faollashtirish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Kiritildi: 10:36 20.11.2023. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!