Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada IIB xodimlari o‘qituvchini kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashgani rostmi?

A A A
Farg‘onada IIB xodimlari o‘qituvchini kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashgani rostmi?

Internet tarmoqlarida tarqalgan «Farg‘onalik o‘qituvchi: IIB xodimlari meni kaltaklab, bir oyoqda tik turishga majburlashdi» sarlavhali xabar yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan mazkur xabar o‘rganilganda haqiqatan ham, joriy yilning 26 iyul kuni Furqat tumanidagi 34-son ixtisoslashgan umumta’lim maktabida kompyuter o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq xolat sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB xuzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Xabarda keltirilganidek IIO xodimlari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Jo‘rayevni qiynoqqa solganlik bilan bog‘liq holati yuzasidan Furqat tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, viloyat IIB tomonidan xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. 

Kiritildi: 15:45 02.08.2020. O'qildi: 4742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!