Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada IIB xodimlari fuqaroni rezina tayoq bilan do‘pposlashdi. Sababi ma’lum

Farg‘onada IIB xodimlari fuqaroni rezina tayoq bilan do‘pposlashdi. Sababi ma’lum

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “IIB xodimlari fuqaroni rezina tayoq bilan do‘pposlab mashinaga majburan o‘tqazishmoqda” sarlavhali videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 4 noyabr kuni Quva tumani IIB profilaktika inspektori M.T va S.J.lar Pastki Xo‘ja Xasan MFY hududida fuqaro O.Y mast holatda jamoat tartibini buzayotganligini ko‘rib, shaxsiga oydinlik kiritish va mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvga borishga taklif qilinganda fuqaro O.Y IIB xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.
Xodimlar “Ichki ishlar to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasi hamda Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va o‘q otar qurolni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” gi 55-sonli buyrug‘i talablaridan kelib chiqib, huquqbuzarlik holatini bartaraf etish uchun O.Y.ga nisbatan maxsus vosita – rezina tayoqdan foydalanishgan.

Mazkur holat shu kunning o‘zida tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, O.Y.ning xatti-harakatlari yuzasidan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Fuqaro O.Y bilan suxbatlashilganda haqiqatdan ham o‘sha kuni o‘ta mast holatda bo‘lganligini, xodimlarga nisbatan qilgan xatti-harakatlaridan afsusda ekanligini bildirdi.

Shuningdek, videotasvirdagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo‘lib, yakuniga ko‘ra huquqiy baho beriladi.

Kiritildi: 08:55 06.11.2022. O'qildi: 2799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!