Bugun 20 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada fuqaro tanishidan qasd olishga qaror qildi, ammo...

Farg‘onada fuqaro tanishidan qasd olishga qaror qildi, ammo...

O‘g‘rilik uchun jinoyat kodeksining 169-moddasida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lib, o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda ifodalanadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi raisi Nodirjon Raimqulovning ma’lum qilishicha, Rahim Nabiyev (ism shariflar shartli) Uchko‘prik tumani “Nur” MFY, Nihol-9 bog‘dorchilik uyushmasiga qarashli fuqaro Otabek Farxodovichga tegishli bo‘lgan dala hovliga devor oshish yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan umumiy bahosi 3.000.000 so‘m bo‘lgan 2 dona Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan velosipedlarni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Sud jarayonidagi Rahim Nabiyevning ko‘rsatmasida, 2025 yil 4 yanvar kuni mast bo‘lib qolib, tanishi Otabek ismli tanishini dala hovlisidan 2 dona velosipedni o‘g‘irlab chiqib, katta asfalt yo‘l tomonda ketayotganida bozor tomondan bir «Labo» rusumli avtomashina kelib qolib, uni oldidan o‘tib, orqaga qaytayotganida uni ko‘rib to‘xtadi deb o‘ylab, velosipedlarni o‘sha yerga tashlab, ketib yuborgani, so‘ng IIB xodimlari ushbu o‘g‘irlik jinoyatini u sodir etganligini aniqlashib, buni oldiga kelishib velosipedlar to‘g‘risida so‘rashganida bo‘lgan holatni tushuntirib mast bo‘lib qolib ushbu velosipedlarni Otabek ismli tanishidan qasd olmoqchi bo‘lib o‘g‘irlab olib ketayotgan bo‘lganligini aytib bergan.

Sud, sudlanuvchining aybiga iqror bo‘lib bergan ko‘rsatuvini hamda jabrlanuvchining qonuniy vakili, jabrlanuvchi, guvohlarning ko‘rsatuvlarini, taraflarning muzokara nutqlari, sudlanuvchining oxirgi so‘zini tinglab, jinoyat ishi materiallarini har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqib sudlanuvchi R. Nabiyevni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganganlikda aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.

Kiritildi: 09:15 09.04.2025. O'qildi: 2085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!